O‘zbekiston va Malayziya energetika, suv resurslari va islomiy moliya sohasida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 23-iyun kuni Malayziya Bosh vaziri o‘rinbosari – Energiya va suv resurslarini transformatsiya qilish vaziri Dato Sri Fadilla bin Haji Yusuf boshchiligidagi delegatsiya vakillari hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Malayziya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Datuk Muhammad bin Alamin, Malayziyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ilham Tuah Ilyas hamda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov, Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosarlari Axadbek Xaydarov, Xurshed Mustafayev, Ilhomjon Umrzakov, Umid Abidxadjayev va boshqa mas’ul vakillar ishtirok etdi.
Muloqot davomida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, hamkorlikdagi loyihalar ko‘lamini kengaytirish hamda o‘zaro fikr va tajriba almashish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan muhokamalar olib bordi.
Xususan, tomonlar quyidagi masalalarga alohida to‘xtalib o‘tdi:
Shuningdek, muhokamalar davomida tomonlar uglerod savdosi mexanizmlarini keng tadbiq etish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda yashil iqtisodiyotga o‘tishni jadallashtirish, energiya samaradorlikni oshirishda amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan fikr almashdi.
Muzokaralar yakunida tomonlar yuqorida qayd etilgan masalalar yuzasidan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va yanada rivojlantirishga kelishib oldi.