Valyuta kurslari 20/12/2024
$1 – 12875.06
UZS – 0,1%
€1 – 13406.80
UZS – -0,67%
₽1 – 124.75
UZS – -0,57%
Qidirish
Iqtisod 21/12/2024 O'zbekiston va Kuvayt o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri havo qatnovlari yo'lga qo'yilishi mumkin

O'zbekiston va Kuvayt o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri havo qatnovlari yo'lga qo'yilishi mumkin

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekiston elchisi Ayubxon Yunusov Kuvayt Fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi rahbari shayx Hamud Muborak al-Hamud al-Jobir as-Saboh bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Suhbat chog'ida O'zbekiston va Kuvayt aviatsiya tashkilotlari o'rtasidagi hamkorlikni jadallashtirish, to'g'ridan-to'g'ri havo qatnovlarini yo'lga qo'yish va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Shayx Hamud Muborak al-Hamud joriy yilning 24-oktabr kuni Malayziyada bo'lib o'tgan IKAO yig'ilishi doirasida O'zbekiston Fuqaro aviatsiyasi delegatsiyasi bilan bo'lgan samarali uchrashuvi natijalarini e'tirof etdi. Uning aytishicha, "Kuwait Airlines" aviakompaniyasining samolyotlar parkini kengaytirish maqsadida 2025-yilda "Al-Kuvayt-Toshkent" yo'nalishi bo'yicha avia reyslarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

O'z navbatida, so'nggi yillarda viza rejimi soddalashtirilishi natijasida 90 dan ortiq xorijiy davlatlar, jumladan Kuvayt fuqarolari uchun O'zbekistonga vizasiz kirish tartibi amal qilayotgani ham "Kuwait Airlines" aviakompaniyasi yo'lovchilari sonining ortishiga turki bo'lishi qayd etildi.

Muzokaralar natijasida, Kuvayt Fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi va O'zbekistonning tegishli idoralari o'rtasida muzokaralar o'tkazish to'g'risida kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling