Valyuta kurslari 23/04/2025
$1 – 12878.96
UZS – -0,24%
€1 – 14801.79
UZS – -0,71%
₽1 – 158.39
UZS – -0,85%
Qidirish
Iqtisod 23/04/2025 O‘zbekiston va Koreya kasb-hunar ta’limini rivojlantirish loyihasining uchinchi bosqichini boshlaydi

O‘zbekiston va Koreya kasb-hunar ta’limini rivojlantirish loyihasining uchinchi bosqichini boshlaydi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari A.Muratov Koreya Respublikasining Keimyung universiteti prezidenti Pak Syong Ho hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning O‘zbekistondagi Vakolatxonasi vakillari bilan uchrashdi.

Unda 2019-yildan buyon Samarqand viloyati Kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markazida amalga oshirilib kelayotgan "O‘zbekistonning kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish" loyihasining 3-bosqichini (2025-2027-yy.) boshlash bo‘yicha uch tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur hujjat asosida KOICAning moliyaviy ko‘magida 500 ming AQSh dollariga teng 22 turdagi payvandlash va axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha asbob-uskunalar olib kelinadi.

Loyihaning birinchi va ikkinchi bosqichi davomida jami 500 ga yaqin ishsiz fuqarolar mashinasozlik texnologiyasi hamda kompyuter grafikasi va dizayn kasblari bo‘yicha tayyorlangan. O‘quv kurslarini bitirgan va tanlovdan o‘tgan 21 nafar markaz bitiruvchilari bugungi kunda Keimyung universitetida o‘qishlarini davom ettirmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling