Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 5-fevral kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOIKA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Shin Myong Sop bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda KOIKAning qo‘llab-quvvatlashi bilan amalga oshirilayotgan joriy va istiqbolli loyihalar muhokama qilindi. Tomonlar ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologik masalalar va davlat boshqaruvini raqamlashtirish sohalaridagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratdilar.
KOIKA vakolatxonasi direktori Shin Myong Sop agentlikning O‘zbekiston rivojlanishiga qo‘shgan muhim hissasini ta’kidlab, hamkorlikni kengaytirishga tayyorligini bildirdi. Xususan, yangi yirik tashabbuslarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.