Valyuta kurslari 12/03/2025
$1 – 12931.94
UZS – -0,06%
€1 – 14107.45
UZS – 0,37%
₽1 – 150.18
UZS – 3,13%
Qidirish
Iqtisod 10/02/2025 O‘zbekiston va KOICA sanoat kadrlarini tayyorlash loyihasini amalga oshirmoqda

O‘zbekiston va KOICA sanoat kadrlarini tayyorlash loyihasini amalga oshirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Koreya xalqaro hamkorlik agentligining (KOICA) O‘zbekistondagi eng katta loyihasi amalga oshiriladi.

Avval xabar berganimizdek, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda “Sanoat kadrlarini tayyorlash” loyihasini amalga oshirish masalasi muhokama qilingan edi.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Botir Zaxidov Koreya xalqaro hamkorlik agentligining O‘zbekistondagi ofisi direktori Shin Myong Sop boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan mazkur loyiha yuzasidan yakuniy muzokaralar o‘tkazdi. Unga ko‘ra, loyihani O‘zbekistonda 2026-2032-yillarda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Loyiha doirasida Sanoat kadrlarini tayyorlash markazini tashkil etish hamda Toshkent va Samarqand shaharlaridagi Kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markazlarini modernizatsiya qilish ko‘zda tutilgan.

Kelgusida mazkur markazni bitirgan fuqarolarimiz O‘zbekistonning yirik sanoat korxonalarida, qolaversa, Koreya Respublikasidagi korxonalarda ham ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

KOICA tashkiloti tomonidan “Sanoat kadrlarini tayyorlash” loyihasi O‘zbekiston, Kambodja va Vetnam davlatlaridan birida amalga oshirish rejalashtirilgan edi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling