O‘zbekiston va JETRO mehnat unumdorligini oshirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 6-fevral kuni Yaponiya hukumatining “JETRO” (Japan External Trade Organization) tashkilotining Toshkentdagi vakolatxonasi direktori Ichinose San hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Umid Abidxadjayev boshchiligidagi vazirlik vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“JETRO” hukumatga qarashli savdo va investitsiyalarni rivojlantirish agentligi hisoblanib, Yaponiya va dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi savdo va investitsiya aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan faoliyat bilan shug‘ullanadi. U yapon kompaniyalarining xalqaro bozorlarga chiqishini qo‘llab-quvvatlash bilan birga, xorijiy kompaniyalarni Yaponiyaga investitsiya kiritishga jalb qiladi.
“JETRO” tashkiloti xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, yapon kompaniyalarining eksportini rivojlantirish, innovatsion texnologiyalarni ilgari surish, tadqiqot va analitik xizmatlar hamda boshqa yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi.
Uchrashuv davomida tomonlar mamlakatimiz iqtisodiyotida mehnat unumdorligini oshirish, bu yo‘nalishda ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan samarali va barqaror institutsional yechimni shakllantirish yuzasidan muhokamalar olib bordi. Xususan:
Shuningdek, muhokamalarda yashil iqtisodiyotni rivojlantirish ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida yashil o‘sishni qo‘llab-quvvatlar yo‘nalishida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikrlar almashinuvi jarayonlarini ko‘paytirish masalalariga to‘xtalib o‘tildi.
Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga kelishib oldi.