Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 25 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nigmatilla Yuldashev Janubiy Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Von Do Yon bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar ikki davlat vakolatli organlari o‘rtasida huquqiy sohada shakllangan munosabatlarning bugungi kundagi holati, jinoyatchilikka qarshi kurashish, qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashda hamkorlikni yanada rivojlantirishning kelgusidagi istiqbollarini muhokama qildilar.
Xususan, kiberjinoyatchilikka, iqtisodiy jinoyatlarga va uyushgan jinoyatchilikning boshqa turlariga qarshi kurashish, O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari faoliyatini raqamlashtirishi hamda sun’iy intellektni joriy etish sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish borasida kelishuvlarga erishildi.
Uchrashuv ishtirokchilari bo‘lib o‘tgan muloqatning huquqiy sohada o‘zaro aloqalar mustahkamlanishiga yangi turtki bo‘lishiga ishonch bildirdilar.