O‘zbekiston va Iordaniya iqtisodiy hamkorlikni faollashtirmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Iordaniya investitsiyalar vaziri Xeyri Amr bilan uchrashdi.
Muzokaralar davomida tomonlar ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli masalalarni muhokama qildilar.
Uchrashuvda savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyani tashkil etish masalasi markaziy o‘rinni egalladi. Bu komissiya qo‘shma loyihalarni tizimli ravishda amalga oshirish va tezlashtirish uchun muhim mexanizm bo‘ladi.
Shuningdek, ikki mamlakat xususiy sektori diqqatini istiqbolli investitsiya imkoniyatlariga jalb qilish maqsadida bir qator biznes-forumlar o‘tkazishga kelishib olindi.
Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik salohiyatini to‘liq amalga oshirishga qodir yangi loyihalarni izlashga alohida e’tibor qaratdilar. Saidov va Amr mavjud imkoniyatlarni chuqur tahlil qilish va yangi hamkorlik yo‘nalishlarini faol izlash zarurligini ta’kidladilar.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar o‘zaro hamkorlikni faollashtirish tovar ayirboshlash hajmini oshirish va yangi investitsiyalarni jalb qilishga olib kelishiga ishonch bildirdilar. Erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha aniq qadamlar yaqin vaqt ichida belgilab olinadi.
Kutilmoqdaki, hukumatlararo komissiyani tashkil etish O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim turtki bo‘ladi.