Valyuta kurslari 04/03/2025
$1 – 12897.20
UZS – 0,06%
€1 – 13449.20
UZS – 0,36%
₽1 – 144.65
UZS – -1,24%
Qidirish
Turizm 21/02/2025 O‘zbekiston va Hindiston turizm sohasidagi hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Hindiston turizm sohasidagi hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlarini muhokama qildi

 Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev Dehli shahrida Hindiston turizm vaziri Gayendra Singh Shekhavat bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar davomida O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida turizm sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro miqyosdagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, soha mutaxassislarining malakasini oshirish, shuningdek, ikki mamlakatda turizm bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Ipak yo‘li bo‘ylab qo‘shma sayyohlik yo‘nalishlarini yaratish, buddaviylik tarqalgan joylarni o‘rganish hamda turizmning yangi turlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, Hindiston kinostudiyalari O‘zbekistonda filmlar suratga olish uchun taklif qilindi.

Bundan tashqari, Hindistonning sayyohlik oqimini ko‘paytirish strategiyasini inobatga olgan holda turizm yo‘nalishlarini targ‘ib qilish borasida tajriba almashildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling