Valyuta kurslari 04/03/2025
$1 – 12897.20
UZS – 0,06%
€1 – 13449.20
UZS – 0,36%
₽1 – 144.65
UZS – -1,24%
Qidirish
Turizm 21/02/2025 O‘zbekiston va Hindiston: madaniy almashinuv sayyohlar oqimi o‘sishining kaliti

O‘zbekiston va Hindiston: madaniy almashinuv sayyohlar oqimi o‘sishining kaliti

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Dehlidagi Menejment ta’limi va tadqiqot institutida (Management Education & Research Institute/MERI) O‘zbekiston turizmi va madaniyati taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda institut xodimlari va yoshlar O‘zbekistonning boy madaniyati va an’analari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar, bu esa hindistonlik sayyohlar uchun mamlakatimiz jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi.

Tadbir mehmonlariga o‘zbek “Bahor” ansambli jamoasining yorqin raqslari va sozandalarning milliy cholg‘u asboblarida kuy-qo‘shiqlari ijro etildi.

Bunday tadbirlar nafaqat O‘zbekistonga e’tiborni tortadi, balki sayyohlar oqimining ko‘payishiga ham xizmat qiladi. Ishtirokchilar ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi aloqalarni chuqurlashtirish va madaniy almashinuvni yanada rivojlantirishga xizmat qiladigan bunday uchrashuvlar muntazam o‘tkazilishiga umid bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda O‘zbekiston delegatsiyasi Dehli shahrida bo‘lib o‘tayotgan “SATTE-2025” (South Asia’s Travel & Tourism Exchange) xalqaro turizm yarmarkasida ishtirok etmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling