Valyuta kurslari 20/12/2024
$1 – 12875.06
UZS – 0,1%
€1 – 13406.80
UZS – -0,67%
₽1 – 124.75
UZS – -0,57%
Qidirish
Iqtisod 15/11/2024 O‘zbekiston va Hindiston aviareyslar sonini oshiradi

O‘zbekiston va Hindiston aviareyslar sonini oshiradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Hindiston va O‘zbekiston aviatsiya ma’muriyati havo qatnovi to‘g‘risidagi shartnoma shartlarini qayta ko‘rib chiqdi, deb xabar bermoqda Economic Times.

Yangi kelishuvlarga ko‘ra, mamlakatlar o‘rtasidagi reyslar soni ortadi.

Hozirda aviatashuvchilarga haftasiga 14 tagacha reysni amalga oshirishga ruxsat berilgan, biroq o‘zgartirishlar kuchga kirgandan keyin bu ko‘rsatkich ikki barobarga oshib, 28 ta reysga yetadi.

Yangi shartlar O‘zbekiston va Hindiston shaharlari o‘rtasida hozirda Uzbekistan Airways va IndiGo aviakompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan muntazam qatnovlar chastotasini oshirish imkonini berishi kutilmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Narendra Modi hukumati avvalroq aviatashuvchilarni himoya qilishga intilib, aviatsiya kelishuvlarini liberallashtirishga vazminlik bilan yondashgan.

Biroq, ayni paytda Nyu-Dehli xalqaro transport aloqalarini rivojlantirishga yordam berib, marshrutlarni bosqichma-bosqich kengaytirmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling