O‘zbekiston va Gruziya TIV rahbarlari hamkorlikni kengaytirish masalasini muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Gruziya tashqi ishlar vaziri Maka Bochorishvili bilan muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuv Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze rasmiy tashrifi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash va barcha sohalarda hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildi.
«O‘zbekiston Gruziya bilan sheriklikni qadrlaydi va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga sodiqdir. Hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha muloqot va qo‘shma tashabbuslarni davom ettirishni intiqlik bilan kutyapmiz», – deya taʼkidladi Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram-kanalida.