Valyuta kurslari 05/12/2024
$1 – 12813.04
UZS – -0,1%
€1 – 13457.54
UZS – -0,27%
₽1 – 122.60
UZS – 1,34%
Qidirish
Iqtisod 03/12/2024 O‘zbekiston va Germaniya “UzContargo Andijon” qo‘shma korxonasini tashkil etadi

O‘zbekiston va Germaniya “UzContargo Andijon” qo‘shma korxonasini tashkil etadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ va Germaniyaning Rhenus Group kompaniyasi “UzContargo Andijon” qo‘shma korxonasini tashkil etmoqda.

2024-yil 29-noyabr kuni “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ va Germaniyaning Rhenus Group kompaniyasi ta’sischilarining qo‘shma korxona tashkil etishga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi 329-sonli qaroriga muvofiq, Andijon viloyatida xalqaro standartlarga muvofiq zamonaviy logistika markazi tashkil etilishi belgilangan.

Logistika markazi konteyner blok-poyezdlarini tashkil etish, vagon va konteynerlarni ortish-tushirish, saqlash ishlari, multimodal eshikdan-eshikkacha xizmatlarini ko‘rsatish bilan shug‘ullanishi rejalashtirilgan.

“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ boshqaruv raisi A.S. Kamalov hamda “Rhenus Group” kompaniyasining vakolatli vakili G. Kerstgens tomonidan “UzContargo Andijon” qo‘shma korxonasini tashkil etish bo‘yicha ta’sis hujjatlari va tegishli bayonnoma imzolandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling