Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Dilshod Rasulov hamda Gisen Savdo-sanoat palatasi bosh direktori Mattias Leder o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.
"Hessischer Industrie- und Handelskammertag" (HIHK) 1872-yil tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda 400 mingga yaqin a’zolari mavjud.
Uchrashuvda O‘zbekiston hamda Germaniya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish va tovarayirboshlash hajmini oshirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, Mattias Leder tomonidan kuni kecha Frankfurt shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston-Germaniya biznes forumi yuqori baholanib, ushbu forum o‘zaro manfaatli loyiha va istiqbolli rejalarni amalga oshirishga katta hissa qo‘shishi ta’kidlab o‘tildi.
Shuningdek, uchrashuvda Mattias Leder O‘zbekiston ishbilarmonlarini Shveysariyaning Davos shahrida xar yili may oyida o‘tkaziladigan Xalqaro iqtisodiy forumga taklif etdi.
Muzokaralar yakuni bo‘yicha, Gisen shahri tadbirkorlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida, ikki davlat ishbilarmon doira vakillari bilan birgalikda mazkur forumda ishtirok etishga kelishib olindi.