Valyuta kurslari 13/03/2025
$1 – 12920.00
UZS – -0,09%
€1 – 14102.18
UZS – -0,04%
₽1 – 149.52
UZS – -0,44%
Qidirish
O‘zbekiston 13/03/2025 O‘zbekiston va Fransiya ta’lim sohasida yangi hamkorlikni boshladi

O‘zbekiston va Fransiya ta’lim sohasida yangi hamkorlikni boshladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida ta’lim sohasidagi strategik hamkorlik doirasida O‘zbek-Fransuz universitetini tashkil etish bo‘yicha muhim bitim imzolandi. Hujjatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov va Fransiya Respublikasi Oliy ta’lim va tadqiqotlar vaziri Filip Batist imzo chekdi.

Rasmiy imzolash marosimida Fransiyaning nufuzli oliygohlari – Puatye, Gavr-Normandiya, Lion 2 va Renn universitetlari prezidentlari ham ishtirok etib, ushbu hamkorlikning istiqbollari haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.  

Qayd etilganidek, ushbu universitetning tashkil etilishi ikki davlat o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi aloqalarni mustahkamlash bilan birga, O‘zbekistonda xalqaro standartlarga mos bilim va innovatsiya markazini yaratishga xizmat qiladi.

Fransiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan o‘quv dasturlari talabalarga zamonaviy bilim olish, xalqaro tajriba orttirish va Yevropa diplomiga ega bo‘lish imkoniyatini taqdim etadi.  

Shuningdek, universitet ilmiy tadqiqotlar, startaplar va texnologik rivojlanishga ko‘maklashuvchi loyihalar uchun muhim platformaga aylanadi. Fransuz ta’lim modeli O‘zbekistondagi oliy ta’lim tizimiga innovatsion yondashuvlarni joriy etishga yordam beradi.  

Yangi universitetning ochilishi talabalar va o‘qituvchilar uchun katta imkoniyatlar yaratish bilan bir qatorda, mamlakatimizning strategik tarmoqlariga malakali mutaxassislar tayyorlashga, ilm-fan va texnologiya taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shadi. Bu ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlikning yanada rivojlanishi va yangi marralarga erishishida muhim qadam bo‘ladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling