Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhammadali Iskandariyni qabul qildi.
Uchrashuvda raqamlashtirish jarayonidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilinib, tomonlar tajriba almashish, qo‘shma loyihalar va kompaniyalar o‘rtasidagi sheriklik mexanizmlari bo‘yicha takliflar almashdi.
Shuningdek, uchrashuvda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha ikki tomonlama tashabbuslarni amalga oshirishga e’tibor qaratildi.
Mazkur tashabbuslar O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi IT hamkorlikga xizmat qilishi ta’kidlandi.