O‘zbekiston va Eron iqtisodiyot va turizm sohalarida hamkorlikni mustahkamlamoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekiston elchisi Fariddin Nasriyev Eron birinchi vitse-prezidentining xalqaro ishlar va mintaqaviy hamkorlik bo'yicha o'rinbosari Ali Najafiy Xoshrudi bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Ali Najafiy Xoshrudi O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholadi. Uning aytishicha, so'nggi yillarda Eron–O'zbekiston munosabatlari har jabhada mustahkamlanib bormoqda.
Uchrashuv davomida ikki mamlakat o'rtasida o'zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, xususan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va turizm sohalaridagi sheriklikni yanada chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi
Muloqot chog'ida, shuningdek, bo'lajak O'zbekiston-Eron qo'shma tadbirlari rejasi ham ko'rib chiqildi.