Valyuta kurslari 15/08/2025
$1 – 12581.97
UZS – 0,67%
€1 – 14698.26
UZS – 0,27%
₽1 – 157.75
UZS – 0,61%
Qidirish
O‘zbekiston 16/08/2025 O‘zbekiston va Eron Afg‘onistondagi hamkorlik va mintaqaviy xavfsizlik masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Eron Afg‘onistondagi hamkorlik va mintaqaviy xavfsizlik masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 14-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Eron tashqi ishlar vaziri yordamchisi - Janubiy Osiyo bo‘yicha departamenti direktori Muhammad Rizo Bahromiy bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida Afg‘oniston yo‘nalishidagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlik mavzulari muhokama qilindi.

Tomonlar O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi muntazam va konstruktiv muloqotni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar hamda ikki va ko‘p tomonlama formatlarda muntazam maslahatlashuvlarni davom ettirishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling