Valyuta kurslari 16/05/2025
$1 – 12965.34
UZS – -0,11%
€1 – 14525.07
UZS – -0,56%
₽1 – 161.34
UZS – -0,18%
Qidirish
Iqtisod 18/05/2025 O‘zbekiston va Bolgariya mehnat migrantlarining huquqiy himoyasi sohasida hamkorlikni mustahkamlamoqda

O‘zbekiston va Bolgariya mehnat migrantlarining huquqiy himoyasi sohasida hamkorlikni mustahkamlamoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Sofiya shahrida O‘zbekiston delegatsiyasi va Bolgariya Respublikasi Prezidenti maʼmuriyati rahbari Galab Donev o‘rtasida oliy darajadagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvdagi asosiy masala — mehnat migratsiyasi sohasida adolat va qonuniylikni taʼminlash bo‘ldi.

Muzokaralarda Bolgariya korxonalarida ishlayotgan fuqarolarimiz huquqiy himoyasini kuchaytirish, munosib mehnat va yashash sharoitlarini yaratish, viza hamda ishga joylashish jarayonlarini soddalashtirish mavzusi muhokama qilindi.

Hamkorlikni inson qadri, huquq va manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘ygan holda rivojlantirishga kelishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling