Valyuta kurslari 16/07/2025
$1 – 12778.12
UZS – 0,62%
€1 – 14931.23
UZS – 0,56%
₽1 – 164.01
UZS – 1,14%
Qidirish
Iqtisod 16/07/2025 O‘zbekiston va Bolgariya logistika, energetika va agrosanoat kompleksida hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni yaratadi

O‘zbekiston va Bolgariya logistika, energetika va agrosanoat kompleksida hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni yaratadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 13–14-iyul kunlari O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Bolgariyada bo‘ldi. Tashrif doirasida Prezident Rumen Radev, Bosh vazir o‘rinbosari — transport vaziri Grozdan Karadjov, tegishli vazirliklar rahbarlari, yetakchi kompaniyalar va moliyaviy institutlar vakillari bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Muzokaralar markazida — Bolgariya Prezidentining iyun oyida Toshkentga qilgan tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalasi bo‘ldi. Geologiya, logistika, qurilish, energetika, raqamli transformatsiya, ekologiya va agro-sanoat kompleksi kabi ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni ishga tushirishga tomonlar o‘zaro tayyorliklarini bildirishdi.

Uchrashuvlar davomida transport bog‘liqligini rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Amaliy jihatdan muhim qadam sifatida oktyabr oyida Toshkentda Hukumatlararo komissiyaning oltinchi yig‘ilishi va biznes-forum o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Barcha tashabbuslar qo‘shma “Yo‘l xaritasi”ga kiritilib, tizimli nazoratga olinadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling