Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Belarus Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Leonid Marinich O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tomonlar Belarus va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holatini muhokama qilib, jadal rivojlanayotgan savdo-iqtisodiy hamkorlikka alohida e’tibor qaratdilar.
Jamshid Xo‘jayev elchining ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona va o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlashga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi.
Ta’kidlash joizki, Leonid Marinich O‘zbekistondagi diplomatik faoliyatini yakunlamoqda.