Valyuta kurslari 21/05/2025
$1 – 12892.91
UZS – 0,27%
€1 – 14512.26
UZS – 0,05%
₽1 – 160.34
UZS – 0,39%
Qidirish
Texnologiyalar 29/04/2025 O‘zbekiston va BAA gepatit diagnostikasi uchun testlar ishlab chiqarish loyihasini muhokama qildi

O‘zbekiston va BAA gepatit diagnostikasi uchun testlar ishlab chiqarish loyihasini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov hamda bosh ofisi BAAning Dubay shahrida joylashgan “AIYMAN” kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida agentlik direktori "Tashkent Pharma Park" innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri, uning doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar hamda mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga taqdim etilayotgan imtiyoz va preferensiyalar haqida batafsil maʼlumot berdi.

“AIYMAN” kompaniyasi O‘zbekistondagi gepatit bilan kasallangan bemorlar qonidan olinadigan plazma asosida virusga qarshi antitelo va antigenlarni aniqlovchi diagnostika testlarini ishlab chiqarish niyatida ekanligini maʼlum qildi. Tomonlar mazkur loyihaning huquqiy asoslarini muhokama qildi.

Uchrashuv yakunida maʼlumot almashish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling