Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024-yil 4-dekabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov «Alghanim & Sons Group» kompaniyasi raisi Fuad Muhammad Sunayan al-G‘anim bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston va Quvayt o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar. Shu bilan birga, xususiy sektor o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishda asosiy o‘rin tutishi ta’kidlandi.
Tashqi ishlar vaziri «Alghanim & Sons Group»ning O‘zbekistondagi investitsiya imkoniyatlariga qiziqishini yuqori baholadi.