Valyuta kurslari 29/07/2025
$1 – 12514.34
UZS – -0,54%
€1 – 14600.48
UZS – -1,11%
₽1 – 156.41
UZS – -1,22%
Qidirish
Iqtisod 28/07/2025 O‘zbekiston va Airbus uchuvchilarni birgalikda tayyorlashga kelishib oldilar

O‘zbekiston va Airbus uchuvchilarni birgalikda tayyorlashga kelishib oldilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 28-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov va “Airbus” kompaniyasining Yevropa bo‘yicha prezidenti Yoxan Pelissi o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar. Xususan, O‘zbekiston havo kemalari parkini modernizatsiya qilish va kengaytirish orqali turistik oqimni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, Toshkent davlat transport universiteti hamda “Airbus” kompaniyasi o‘rtasida uchuvchilarni tayyorlashga oid maxsus dastur ishlab chiqilishi bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling