Valyuta kurslari 27/01/2025
$1 – 12969.05
UZS – -0,08%
€1 – 13611.02
UZS – 0,72%
₽1 – 132.19
UZS – 0,74%
Qidirish
Iqtisod 25/01/2025 O‘zbekiston va Afg‘oniston temir yo‘l ma’muriyatlari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari

O‘zbekiston va Afg‘oniston temir yo‘l ma’muriyatlari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining doimiy ravishda qo‘shni mamlakatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash yo‘lida olib borayotgan oqilona siyosatining samarasi o‘laroq 2025-yil 21-23-yanvar kunlari Toshkent shahrida Afg‘oniston Jamoat ishlar vazirining temir yo‘l masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M.I. Sohibzoda boshchiligidagi delegatsiya bilan samarali uchrashuvlar tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri I.Mahkamov boshchiligida o‘tkazilgan uchrashuvda afg‘on tomoni bilan transafg‘on temir yo‘l qurilish loyihasini amalga oshirishni jadallashtirish yuzasidan fikr almashildi va tomonlar kelgusi ishlarni tashkil etish bo‘yicha kelishib oldilar.

Shu bilan birga, ikki davlat temir yo‘l ma’muriyatlari o‘rtasida faol hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida "Hayraton – Mozori-Sharif" temir yo‘lidan foydalanish va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnomani uzaytirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Bunda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning “Sogdiana trans” MChJ “Hayraton – Mozori-Sharif” temir yo‘liga xizmat ko‘rsatuvchi operator sifatida saqlanib qoladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling