Valyuta kurslari 25/03/2025
$1 – 12947.07
UZS – 0,05%
€1 – 14033.33
UZS – -0,08%
₽1 – 155.01
UZS – 1,17%
Qidirish
Iqtisod 07/02/2025 O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida savdo va sarmoya hajmini oshirish yo‘llari muhokama qilindi

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida savdo va sarmoya hajmini oshirish yo‘llari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Shu yilning 1-3-fevral kunlari Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ishchi guruhi boshchiligidagi biznes missiyasi Afgʻonistonda boʻldi.

Tashrif davomida Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning bugungi holati koʻrib chiqilib, hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari belgilab olindi. Ikki davlat oʻrtasidagi oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini 3 milliard dollarga yetkazish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlar koʻrish muhimligi qayd etildi.

Energetika, qishloq xoʻjaligi, konchilik va geologiya kabi sohalarda investitsiyaviy imkoniyatlardan toʻliq foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Tashrif doirasida biznes-forum va B2B muzokaralari ham oʻtkazildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling