Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston turkiy davlatlar bilan birgalikda ilmiy sun’iy yo‘ldosh yaratishni rejalashtirmoqda, deb ma’lum qildi «O‘zbekkosmos» agentligining aerokosmik faoliyatni rivojlantirish bo‘limi rahbari Muxiddin Ibrohimov.
Sun’iy yo‘ldoshni uchirish 2026-yilning o‘rtalariga mo‘ljallangan. Ibrohimov ta’kidlashicha, loyiha apparati to‘liq o‘zbekona bo‘lishini nazarda tutmaydi, ammo uning bir qismini mahalliy olimlar ishlab chiqmoqda.
Loyihaning maqsadi — sun’iy yo‘ldoshlarni ishlab chiqish, yig‘ish, uchirish va boshqarish bo‘yicha ko‘nikma va texnologiyalarni rivojlantirishdan iborat.
Avvalroq, 2023-yilda, Ibrohimov CubeSat ilmiy-o‘quv sun’iy yo‘ldoshi loyihasi haqida xabar bergan edi. Uning sinovlari uchun Birlashgan Arab Amirliklari bazalaridan foydalanish taklif qilingan.