Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Uchrashuvda tomonlar mamlakatlarimiz o‘rtasida avtotransportda ikki tomonlama va tranzit tashuvlarini rivojlantirish bilan bog‘liq jihatlar, jumladan chegara o‘tkazish punktlaridagi mavjud vaziyat hamda ikki mamlakat milliy tashuvchilari uchun raqobatdosh teng sharoitlar yaratish masalalarini muhokama etishdi.
Shuningdek, Qozog‘iston tomonining tashish va port xizmatlari uchun raqobatbardosh tariflarni shakllantirishi hisobiga Aktau va Kurik portlari orqali yuk tashuvlarini rivojlantirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
Shu bilan birga tomonlar "Uchquduq-Qizilo‘rda" va "Darbaza-Maqtaaral" temir yo‘llarini qurish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni muhokama etishdi.