O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionati U-23 saralash bosqichida Qirg‘iziston bilan durang o‘ynadi — UzDaily.uz
Valyuta kurslari 10/09/2025
$1 – 12355.14
UZS – -0,68%
€1 – 14539.53
UZS – -0,3%
₽1 – 148.48
UZS – -2,23%
Qidirish
O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionati U-23 saralash bosqichida Qirg‘iziston bilan durang o‘ynadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati saralash bosqichida Qirg‘izistonga qarshi o‘yinni durang bilan yakunladi.

E guruhi o‘yinlari Bishkek shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Ikkinchi turda jamoalar 2:2 hisobi bilan maydonni tark etdi.

Hisobni birinchi daqiqada Qirg‘iziston jamoasi o‘yinchisi Beknaz Askarov ochdi. O‘n daqiqa o‘tgach, Rustam Turdimuradov hisobni tenglashtirdi. 42-daqiqada Behruzbek Almazov O‘zbekistonni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 56-daqiqada Arsen Sharshenbekov hisobni yana tenglashtirdi.

O‘zbekiston terma jamoasi saralash bosqichining so‘nggi uchrashuvini 9 sentyabrda Falastinga qarshi o‘tkazadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling