Valyuta kurslari 15/08/2025
$1 – 12581.97
UZS – 0,67%
€1 – 14698.26
UZS – 0,27%
₽1 – 157.75
UZS – 0,61%
Qidirish
Sport 15/08/2025 O‘zbekiston terma jamoasi JCH-2026da 7Saber brendi formasida maydonga tushadi

O‘zbekiston terma jamoasi JCH-2026da 7Saber brendi formasida maydonga tushadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘z tarixida ilk bor jahon chempionati final bosqichiga yo‘l olgan O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasi 7Saber brendi formasida o‘ynaydi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

2019 yildan beri milliy jamoani germaniyaning Jako kompaniyasi sport kiyimlari bilan taʼminlab kelar edi. 7Saber sport kiyimlari o‘zbek sportchilariga begona emas — ular Tokio-2021 va Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ham shu brend formasida qatnashgan.

7Saber brendi 2019 yilda triatlon federatsiyasining sobiq prezidenti Otabek Umarov tomonidan tashkil etilgan. U butun dunyoda tanilgan sport turlarini ifodalovchi piktogrammalar asosida grafik element yaratgan. Hozirda Umarov Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi ilk bor 2026 yilda AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati final bosqichiga yo‘l olgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling