O‘zbekiston terma jamoasi ilk bor jahon chempionatida ishtirok etadi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor futbol bo‘yicha jahon chempionati — 2026 yilgi mundialga chiqishga muvaffaq bo‘ldi.
Saralash bosqichining uchinchi raundi 9-tur uchrashuvida Temur Kapadze shogirdlari BAA bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi va shu tariqa 18 ochko to‘plab, “A” guruhida 2-o‘rinni muddatidan ilgari taʼminladi. Bu natija jamoaga jahon chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani kafolatlaydi.
Guruhda peshqadamlikni hozircha 8 ta o‘yindan keyin 20 ochkoga ega bo‘lgan Eron terma jamoasi saqlab turibdi.
O‘zbekiston terma jamoasi guruh bosqichidagi so‘nggi uchrashuvini 10 iyun kuni Qatar milliy jamoasiga qarshi o‘tkazadi.