Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbekiston televizor importini qariyb 2 barobarga oshirdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2025 yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati 19 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 90 099 dona televizor import qilingan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 43 455 donaga yoki 93,1 % ga oshgan.
Joriy yilning dastlabki olti oyi davomida O‘zbekistonga televizor yetkazib bergan asosiy davlatlar quyidagilar bo‘ldi: Xitoy — 63 447 dona, Vyetnam — 10 240 dona, Qozog‘iston — 7 410 dona, Indoneziya — 5 652 dona va Hindiston — 2 918 dona. Yana 432 dona televizor boshqa davlatlardan import qilingan.