Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Ozarbayjon va Turkiya bilan uch tomonlama hamkorlik platformasini davlatlar o‘rtasidagi sezilarli darajada foydalanilmagan salohiyatni amalga oshirish uchun muhim maydon sifatida ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Axror Burxonov ma’lum qildi.
29-yanvar kuni Anqara (Turkiya) shahrida ushbu uch tomonlama platforma doirasida ikkinchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Axror Burxonovning ta’kidlashicha, uchrashuv kun tartibi juda keng qamrovli bo‘lib, hamkorlikning barcha jihatlarini qamrab olgan. Xususan, davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, dolzarb mintaqaviy va global masalalarga alohida e’tibor qaratilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirishga kelishib oldilar va o‘zaro bog‘liqlikni oshirish zarurligini ta’kidladilar.
«Ma’lumki, birinchi uchrashuv 2022-yilda Toshkentda bo‘lib o‘tgan edi, bu esa ikkinchi uchrashuv bo‘ldi. Hozircha ushbu format doirasida boshqa davlatlarni jalb qilish masalasi kun tartibida emas», — deya qo‘shimcha qildi Axror Burxonov.