Valyuta kurslari 31/01/2025
$1 – 12957.01
UZS – -0,09%
€1 – 13485.66
UZS – -0,05%
₽1 – 132.13
UZS – -0,14%
Qidirish
O‘zbekiston 02/02/2025 O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni almashishni qo‘llab-quvvatladi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni almashishni qo‘llab-quvvatladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni almashish bo‘yicha kelishuvni qo‘llab-quvvatlaydi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonov bu kelishuvlar mintaqadagi keskinlikni pasaytirish va uzoq kutilgan tinchlikka erishish yo‘lidagi muhim va ijobiy qadam ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, u mazkur kelishuvga erishishda Qatar, AQSH va Misrning ko‘rsatgan sa’y-harakatlariga yuksak baho berdi.

«Biz barcha taraflarni kelishuv shartlariga qat’iy rioya qilishga chaqiramiz», — dedi Ahror Burhonov.

Shu bilan birga, u O‘zbekistonning Yaqin Sharqda barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan xalqaro sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini tasdiqladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling