O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Saudiya Arabistoni Podshohligi tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal bin Farhon Ol Saud bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Baxtiyor Saidovning taʼkidlashicha, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik jadal surʼatlarda rivojlanib bormoqda. O‘zaro investitsiyaviy loyihalar portfeli tobora kengayib, turizm va iqtisodiy aloqalar mustahkamlanmoqda, ikki tomonlama sheriklik esa yangi bosqichga chiqmoqda.
Vazir tomonlar o‘rtasidagi muloqotni yana-da chuqurlashtirish zarurligini taʼkidlab, Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, dolzarb xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashish muhim ekanini qayd etdi.