Valyuta kurslari 18/04/2025
$1 – 12964.43
UZS – -0,23%
€1 – 14744.45
UZS – -0,12%
₽1 – 158.28
UZS – 0,38%
Qidirish
Iqtisod 17/04/2025 O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Quvayt Amiri devoni ishlari bo‘yicha davlat vaziri bilan muzokaralar o‘tkazdi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Quvayt Amiri devoni ishlari bo‘yicha davlat vaziri bilan muzokaralar o‘tkazdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Quvayt Amiri devoni ishlari bo‘yicha davlat vaziri Shayx Muhammad Abdulloh al-Muborak as-Sabah bilan uchrashdi.

Muzokaralar davomida tomonlar O‘zbekiston va Quvayt o‘rtasidagi munosabatlarni yana-da mustahkamlash istiqbollarini muhokama qildilar. Xususan, oliy darajadagi siyosiy muloqotni faollashtirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Kuvaytning Islom olami birdamligini mustahkamlashda tutgan muhim o‘rnini qayd etdi va anʼanaviy iliq qabul uchun minnatdorlik izhor etdi. Tomonlar erishilgan kelishuvlar ikki mamlakat xalqlari manfaati yo‘lida ikki tomonlama munosabatlarni jadal rivojlantirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.

Uchrashuv o‘zaro tushunish va konstruktiv muloqot ruhida o‘tdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling