Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024-yil 21-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Janubiy Koreya elchisi Von Do Yonni qabul qildi.
Uchrashuvda tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar. Xususan, hamkorlikning dinamik rivojlanishi va qo‘shma loyihalarning amalga oshirilishi qayd etildi.
Muloqot chog‘ida erishilgan kelishuvlarni bajarish va O‘zbekiston hamda Koreya hukumati o‘rtasidagi yaqin hamkorlikni davom ettirishning muhimligi alohida ta’kidlandi.