Valyuta kurslari 14/03/2025
$1 – 12938.11
UZS – 0,14%
€1 – 14076.66
UZS – -0,18%
₽1 – 149.99
UZS – 0,31%
Qidirish
O‘zbekiston 03/02/2025 O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Iordaniya TIV rahbari bilan uchrashdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Iordaniya TIV rahbari bilan uchrashdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Iordaniya Bosh vazirining o‘rinbosari, tashqi ishlar va muxojirlar ishlari vaziri Ayman Safadiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar davomida tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilib, ularga yangi sur’at berish muhimligini ta’kidladilar. Iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, sayyohlik oqimini oshirish, shaharlar va xalqlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, o‘zaro bog‘liqlikni yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Vazirlar o‘zaro manfaatli tashabbuslarni amalga oshirish uchun katta salohiyat mavjudligiga ishonch bildirdilar. Uchrashuv davomida savdo-iqtisodiy hamkorlik, investitsiyalar va gumanitar loyihalarni faollashtirish bo‘yicha aniq qadamlar muhokama qilindi.

Mazkur muloqot ikki davlatning o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash va sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga intilishini tasdiqlaydi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling