Valyuta kurslari 12/03/2025
$1 – 12931.94
UZS – -0,06%
€1 – 14107.45
UZS – 0,37%
₽1 – 150.18
UZS – 3,13%
Qidirish
O‘zbekiston 09/02/2025 O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Belarus elchisini qabul qildi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Belarus elchisini qabul qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Belarus Respublikasining yangi elchisi Aleksandr Ogorodnikov bilan uchrashdi.

Tashqi ishlar vaziri diplomatni Favqulodda va Muxtor Elchi lavozimiga tayinlangani bilan tabriklab, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning yana-da mustahkamlanishiga ishonch bildirdi.

«Mazkur uchrashuvda uning ishonch yorliqlarining nusxalarini qabul qilar ekanmiz, hamkorligimizning ustuvor yo‘nalishlari va yaqin kelajakdagi rejalarimizni muhokama qildik», — dedi Saidov.

Shuningdek, vazir elchiga yangi diplomatik faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Aleksandr Ogorodnikov bungacha Belarus sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. U 2018–2025 yillarda Toshkentda faoliyat yuritgan Leonid Marinich o‘rnini egalladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling