Valyuta kurslari 16/05/2025
$1 – 12965.34
UZS – -0,11%
€1 – 14525.07
UZS – -0,56%
₽1 – 161.34
UZS – -0,18%
Qidirish
Iqtisod 28/02/2025 O‘zbekiston SSP va Better Cotton kompaniyasi paxta klasterlarini qo‘llab-quvvatlashni muhokama qildi

O‘zbekiston SSP va Better Cotton kompaniyasi paxta klasterlarini qo‘llab-quvvatlashni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Dilshod Rasulov va "Better Cotton" tashkilotining aʼzolik va taʼminot zanjiri bosh direktori Yeva Kleyton o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar davomida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining hozirgi faoliyati va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar haqida maʼlumot berildi. Shuningdek, ikki tashkilot o‘rtasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.

“Better Cotton” — paxta yetishtirishning barqaror usullarini targ‘ib qiluvchi xalqaro notijorat tashkilot. U ekologik toza yetishtirish standartlarini ishlab chiqadi, fermerlarni samarali usullarga o‘rgatadi va paxta sanoatida mehnat shartlarini yaxshilashga ko‘maklashadi.

Suhbat chog‘ida, Yeva Kleyton O‘zbekistonda 2022 yildan buyon faoliyat olib borayotganliklarini va hozirgi kunga qadar 9 ta paxta klasteriga “Better Cotton” sertifikatini olishda amaliy yordam berilganini taʼkidladi.

Dilshod Rasulov esa O‘zbekistonda paxta yetishtiruvchilar va paxta klasterlari uchun Hukumat tomonidan berilgan imtiyozlar va qulayliklar haqida maʼlumot berdi.

Muzokaralar natijasida, tomonlar kelgusida O‘zbekistonning paxta yetishtiruvchilari va paxta klasterlariga tashqi bozorga chiqishda ko‘maklashish maqsadida, “Better Cotton” xalqaro sertifikatini olishlari uchun birgalikda ish olib borishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling