Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
O‘zbekiston 21/06/2025 O‘zbekiston — Singapur: istiqbolli hamkorlik yanada kengayadi

O‘zbekiston — Singapur: istiqbolli hamkorlik yanada kengayadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 20-iyun kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasi raisi Bobur Bekmurodovning Singapurning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Zulkifli bin Baharudin bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Suhbat avvalida mehmonga yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi va “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, Qonunchilik palatasining tarkibiy tuzilishi, uning qonun ijodkorligi yo‘nalishidagi faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Elchi samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirar ekan, ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi do‘stona, iliq va ishonchli aloqalarni alohida ta’kidladi.

Uchrashuvda parlamentlararo, shu jumladan xalqaro parlament tuzilmalari doirasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston va Singapur o‘rtasidagi do‘stona aloqalar yangi bosqichga ko‘tarilgani, ikki davlat rahbarlarining yaqin munosabati barcha sohadagi o‘zaro ishonchli parlamentlararo sheriklikni kengaytirishda muhim omil bo‘layotgani e’tirof etildi.

Tomonlar parlamentlararo aloqalarni yanada kengaytirish hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni barcha ustuvor sohalarda rivojlantirishdan manfaatdor ekanini tasdiqladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling