Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — "Natur Food GmbH" — "Ahinur" brendi ostida faoliyat yurituvchi ulgurji va chakana savdo kompaniyasi. Ushbu korxona Turkiyada ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Niderlandiya, Daniya, Belgiya, Fransiya va Avstriya kabi Yevropa mamlakatlariga eksport qiladi.
Tashrif davomida O‘zbekistonning oziq-ovqat mahsulotlariga mavjud talablar tahlil qilinib, mahsulot sifatini yaxshilashga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.
"Natur Food GmbH" korxonasi tomonidan O‘zbekistonda qadoqlash va kalibirlash markazini ochish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilib, kelgusi yili ushbu korxona vakillarining O‘zbekistonga tashrifni amalga oshirish va tashrif doirasida mazkur loyihani amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishga kelishib olindi.