Valyuta kurslari 29/05/2025
$1 – 12831.13
UZS – -0,43%
€1 – 14542.80
UZS – -0,56%
₽1 – 161.07
UZS – 0,12%
Qidirish
Iqtisod 27/05/2025 O‘zbekiston sarmoya vaziri PASHA Real Estate va Marriott bilan Toshkentdagi Ritz-Karlton loyihasini muhokama qildi

O‘zbekiston sarmoya vaziri PASHA Real Estate va Marriott bilan Toshkentdagi Ritz-Karlton loyihasini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 27-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Ozarbayjonning “PASHA Real Estate” kompaniyasi va AQShning “Marriott International” xalqaro mehmonxona operatori rahbariyatini qabul qildi.

Suhbatda Toshkent shahrida Ritz-Carlton brendi ostida qiymati 200 million dollarlik zamonaviy besh yulduzli mehmonxona va turar joy majmuasi qurish loyihasining borishi muhokama qilindi.

Hozirda loyiha doirasida Britaniyaning Benoy kompaniyasi bilan hamkorlikda ob'ektning bosh rejasi ishlab chiqilib, yer qazish ishlari to'liq yakunlandi, 300 000 m³ tuproq olib tashlandi, perimetri bo'ylab qoziqlar o'rnatilib, poydevor quyish ishlari boshlandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar loyihani oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish uchun barcha zarur choralarni koʻrishga kelishib oldilar hamda hamkorlikni yanada kengaytirish va yangi qoʻshma loyihalarni hayotga tatbiq qilishga oʻzaro tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling