O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

O‘zbekiston Rossiyaga qurilish materiallari eksportini yanada oshiradi

UzDaily · 20.08.2025 · 19:25 · 468 views
O‘zbekiston Rossiyaga qurilish materiallari eksportini yanada oshiradi

O‘zbekiston Rossiyaga qurilish materiallari eksportini yanada oshiradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Kazan shahrida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruv raisi v.v.b. Ilyos Raximov, Rossiya qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Irek Fayzullin va Tatariston rahbari Rustam Minnixonov uchrashuv o‘tkazdi.

Unda ikki davlat o‘rtasida qurilish materiallari bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish, savdo aloqalarini mustahkamlash, eksport-import ko‘rsatkichlari, yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha so‘z yuritildi.

Shuningdek, Tatarisan Respublikasiga eksportni kengaytirish masalasi ham muhokama qilindi.Uchrashuv davomida O‘zbekistondagi qurilish materiallari sanoati haqida taqdimot o‘tkazildi.

Xorijiy davlatlardagi qurilish materiallari savdo uylari, shourum va omborlar haqida ham ma’lumotlar berildi.

Tatariston Respublikasida "made in Uzbekistan" yorlig‘i ostidagi mahsulotlar savdo nuqtalarini ochish va ko‘paytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.