Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O'zbekiston Respublikasi Soliq qo'mitasi delegatsiyasi Vengriyaga tashrif buyurdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 26-avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Soliq qo'mitasi delegatsiyasi Vengriya Milliy soliq va bojxona boshqarmasi rahbariyati bilan uchrashuv o'tkazdi.
Muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlik hamda soliq qonunchiligida o'zaro tajriba almashish masalalari muhokama etildi.
Shuningdek, Vengriyadagi soliq majburiyati, uning nazorati va undirish mexanizmlari bilan batafsil tanishib chiqildi.
Uchrashuv yakunida har ikki tomon mana shunday o'zaro muloqot va amaliy tashriflarning samarali ekanligini bildirib o'tishdi.