Valyuta kurslari 14/03/2025
$1 – 12938.11
UZS – 0,14%
€1 – 14076.66
UZS – -0,18%
₽1 – 149.99
UZS – 0,31%
Qidirish
O‘zbekiston 20/12/2024 O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Orifjon Fayziyev O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi.

O.Fayziyev 1982-yil Buxoro viloyatida tug‘ilgan. U 2003-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2019-yilda O‘zbekiston Respublikasining Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2004-yilda bank sohasida boshlab, 2009-2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziriligi tizimida, 2018-2019-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligida, 2019-2022-yillarda Davlat soliq qo‘mitasida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, departament direktori, 2023-yildan tayinlovga qadar Agentlikning Sug‘urta bozorini rivojlantirish departamenti boshlig‘i lavozimida olib borgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling