Valyuta kurslari 02/06/2025
$1 – 12790.43
UZS – 0,17%
€1 – 14486.44
UZS – 0,6%
₽1 – 162.60
UZS – -0,02%
Qidirish
Iqtisod 22/05/2025 O‘zbekiston Qurilish vazirligi va Zhengxin Shoufu uy-joy qurish va rekonstruksiya qilishga investitsiyalarni jalb etish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston Qurilish vazirligi va Zhengxin Shoufu uy-joy qurish va rekonstruksiya qilishga investitsiyalarni jalb etish masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi mas'ullari Xitoyning “Zhengxin Shoufu Management Consults (Beijing)” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdilar. 

Xitoy korxonalarini xorij bozorlari bilan hamkorlik va integratsiyaga ko'maklashtiruvchi professional konsalting kompaniyasi potensial loyihalarga xitoylik sarmoyadorlarni jalb qilishni maqsad qilgan. Uchrashuvda amaldagi qonunchilik bilan tanishish, shuningdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan ochiq ma’lumotlar, tenderlar va shartnomalar reytingi platformalari bo‘yicha ma’lumot almashildi.

Xususan, respublikada uy-joylar qurilishi hamda renovatsiya loyihalari va uylarni energiya tejamkorligini oshirish yuzasidan muhokamalar olib borildi. 

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama manfaatli loyihalarni ishlab chiqish va hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga kelishib olindi.
 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling