Valyuta kurslari 27/12/2024
$1 – 12920.48
UZS – -0,06%
€1 – 13436.01
UZS – -0,19%
₽1 – 130.17
UZS – 0,39%
Qidirish
Iqtisod 28/12/2024 O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon Respublikalari o‘rtasida “Yashil yo‘lak” loyihasi doirasida ta’sis shartnomasi imzolandi

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon Respublikalari o‘rtasida “Yashil yo‘lak” loyihasi doirasida ta’sis shartnomasi imzolandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 27-dekabr kuni O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon Davlat rahbarlari tomonidan 2024-yil 13-noyabr kuni imzolangan O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon Respublikalari o‘rtasida “yashil” energiya ishlab chiqarish va uzatish” loyihasi bo‘yicha bitimni amalga oshirish maqsadida mamlakatlarning tizim operatorlari (O‘zbekiston Respublikasidan — “O‘zbekiston milliy tarmoqlari” AJ, Qozog‘iston Respublikasidan — “KEGOC” AJ, Ozarbayjon Respublikasidan — “Azerenerji” OAJ) tomonidan ta’sis shartnomasi imzolandi.

“Yashil yo‘lak” deb ham ataladigan ushbu loyihaning amalga oshirilishi Yevropa Ittifoqining “Yashil bitim” kabi yangi tashabbuslarini hisobga olgan holda savdo imkoniyatlarini oshiradi.

Ushbu loyiha energetika tizimlarimiz barqarorligini mustahkamlashga yordam beradi, shuningdek, “yashil” investitsiyalar orqali issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha ekologik maqsadlarimizga katta hissa qo‘shadi.

Tomonlar Ozarbayjonning Boku shahrida loyihani amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etish taklifini qabul qildilar. Xususan, “CESI” kompaniyasi loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlash uchun konsalting kompaniyasi sifatida ishtirok etadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling