Iqtisod

O‘zbekiston qiymati $26,4 mlnga teng bo‘lgan olxo‘ri export qildi

O‘zbekiston qiymati $26,4 mlnga teng bo‘lgan olxo‘ri export qildi
O‘zbekiston qiymati $26,4 mlnga teng bo‘lgan olxo‘ri export qildi Surat: Pixabay/TomasPaint

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024-yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston 32,9 ming tonna olxo‘rini eksport qilib, $26,4 mln. daromad oldi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumot berdi.

O‘zbekiston olxo‘risining asosiy xaridori Rossiya bo‘lib, u 20 712 tonna mahsulot sotib oldi.

Ikkinchi o‘rinni Qozog‘iston egalladi, u yerga 10 522 tonna olxo‘ri yetkazib berildi. Uchinchi o‘rinda Qirg‘iziston joylashib, 1 486 tonna olxo‘ri import qildi.

Belarus va Mo‘g‘uliston ham o‘zbek mahsulotiga qiziqish bildirgan bo‘lib, mos ravishda 176,6 tonna va 13,9 tonna olxo‘ri xarid qilgan.

Shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklari 8,6 tonna olxo‘ri sotib olgan, boshqa davlatlar esa jami 2,6 tonna olxo‘ri import qilgan.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.