Valyuta kurslari 24/04/2025
$1 – 12890.43
UZS – 0,09%
€1 – 14720.87
UZS – -0,55%
₽1 – 156.04
UZS – -1,48%
Qidirish
Iqtisod 11/04/2025 O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi piyoz narxining keskin o‘sishga izoh berdi

O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi piyoz narxining keskin o‘sishga izoh berdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qishloq xo‘jaligi vazirligi Surxondaryo viloyati va yaqin hududlar bozorlarida kuzatilayotgan piyoz narxi oshishi bo‘yicha izoh berdi. Foydalanuvchilar maʼlumotiga ko‘ra, yangi hosil piyozi narxi o‘tgan yilgi narxlardan ancha farq qilmoqda.

Vazirlik maʼlumotiga ko‘ra, 2024 yil may–iyun oylarida piyoz narxining 500–1000 so‘mgacha tushib ketgani sababli ayrim hududlarda ushbu mahsulot ekiladigan maydonlar qisqartirilgan. Shunga qaramasdan, joriy yilda respublika bo‘yicha 1 412 000 tonna piyoz yetishtirilishi kutilmoqda — bu 2024 yilga nisbatan 12 000 tonnaga ko‘p.

Vazirlikka ko‘ra, 1 aprel holatiga piyoz narxi 7–8 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, so‘nggi kunlarda 4–5 ming so‘mgacha tushgan. «Piyozning yetilish muddatiga muvofiq, joriy yil 15 apreldan boshlab piyoz narxi 2–2,5 ming so‘mga tushishi kutilmoqda», — deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi har bir qishloq xo‘jaligi mavsumi boshida birinchi chiqarilgan mahsulotga narx muvaqqatan oshib ketishini taʼkidladi. Bu fermerlar tomonidan mahsulotni 10–15 kun avval yetishtirish uchun qo‘llanilgan innovatsion agrotexnik usullarga qilingan xarajatlar bilan bog‘liq.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling